Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Alisher Usmonov XOQning maxsus sovg‘asi bilan taqdirlandi

Oradan 20 yil o‘tgach, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining Kongressi o‘z poytaxtiga qaytdi. Shveysariyaning Lozanna shahrida dunyoning 150 dan ortiq mamlakat vakillaridan 300 delegat ishtirok etgan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda MOQ prezidenti, Markaziy Osiyo va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov hamda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova ham ishtirok etdi.

Kongressda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ham qatnashib, tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi.

XOQ prezidenti qilichbozlikning barcha 12 yo‘nalishini ham Olimpiya o‘yinlari dasturiga kirishida ulkan hissa qo‘shgan Alisher Usmonovni XOQning maxsus sovg‘asi bilan taqdirladi.

Kongress doirasida yil yakunlari bo‘yicha ham qator nominatsiyalar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.