Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQSh Bosh prokurori mamlakatda yuz bergan tartibsizliklarda “xorijiy aralashuv” bo‘lganini ta’kidlamoqda

“Biz, xorijiy shaxslar zo‘ravonliklarni kuchaytirish uchun barcha tomondan o‘yin qilayotganini ko‘rib turibmiz”, deya ta’kidladi AQSh Bosh prokurori Uilyam Barr matbuot anjumanida.

Biroq Barr aynan qaysi davlatlar shubha ostiga olinayotganiga aniqlik kiritmadi. U tarkibiga Federal qidiruv byurosi va kontrrazvedka boshqarmasiga kiruvchi AQSh adliya vazirligiga rahbarlik qiladi.

Minneapolisda qora tanli fuqaroning vafoti munosabati bilan, bir necha kundan buyon AQShning o‘nlab shaharlarida ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘p hollarda, norozilik namoyishlari ommaviy tartibsizliklar, politsiya bilan to‘qnashuvlar va supermarketlarning talon-toroj etilishiga olib kelmoqda.