Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQSh departamenti Rossiyani kiberhujumda aybladi

Rossiya AQSh hukumat idoralari va boshqa mamlakatlar tizimiga qilingan keng ko‘lamli kiberhujumlarda qatnashdi, dedi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Mark Levin radioeshittirishiga bergan intervyusida. Uning so‘zlari RIA Novostida keltirilgan.

"AQSh hukumati tizimiga kod kiritish uchun dasturiy ta’minotidan foydalanish bo‘yicha harakat qilingan" deya ta’kidladi u. - Bu juda faol harakat bo‘lgan va aynan ruslar bu faoliyat bilan shug‘ullangan deb aniq ayta olamiz".

18 dekabr kuni Oq uy Milliy iqtisodiy kengashi rahbari Lourens Kudlov Rossiyaning Amerika hukumatiga qarshi kiberhujumda ishtirok etganiga shubha bildirdi. Uning fikriga ko‘ra, buning ortida boshqa mamlakatlar ham turgan bo‘lishi mumkin.

Ilgari Reuters agentligi rossiyalik xakerlar AQSh Ichki xavfsizlik vazirligiga hujum uyushtirganligi va departamentdagi ichki aloqalardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgani haqida xabar tarqatgan edi. Hujum AQSh moliya vazirligi hamda Milliy telekommunikatsiya va axborot ma’muriyati tizimlariga nisbatan amalga oshirilgan.

Moskva Amerika departamentiga qilingan xakerlik hujumlarida ayblovlarni rad etib, ularni asossiz deb hisoblamoqda.