Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Avval ham O‘zbekistonda karantin joriy etilganmi?

AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda O‘zbekiston Respublikasida avvallari ham karantin tadbirlari o‘tkazilganmi? Agar o‘tkazilgan bo‘lsa, qachon va unda qanday kasallik tarqagan edi? savollariga javob berildi.

– Ha bo‘lgan, faqat 1966 yilda, sobiq ittifoq davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida vabo kasalligi tarqalganligi uchun karantin o‘rnatilgan, – dedi Nurmat Otabekov. – O‘zbekistonlik tibbiyot sohasidagi katta-katta olimlar sa’y-harakati bilan vabo kasalligining respublika bo‘yicha keng tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan.