Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ayanchli YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi shifoxonada

Kecha, 18 fevral kuni soat taxminan 08:30 larda Dang‘ara tumani A-373-raqamli “Qo‘qon-Toshkent” avtomobil yo‘lining Chinobod qishlog‘i hududida 35 yoshli fuqaro A.U. boshqaruvida bo‘lgan «Nexia» rusumli avtomashinani “Toshkent-Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, “Qo‘qon-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan 37 yoshli Y.A.ning boshqaruvida bo‘lgan «Tico» rusumli avtomashina hamda uning ortidan harakatlanib kelayotgan 49 yoshli Z.J. boshqaruvida bo‘lgan «Jentra» rusumli avtomashinalar bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda «Jentra» rusumli avtomashina yo‘lovchisi X.M. va «Tico»  rusumli avtomashina haydovchisi Y.A. hamda yo‘lovchi B.M.lar olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, YTH oqibatida avtomashinada bo‘lgan yana 6 nafar shaxs shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi TB tomonidan A.U.ga nisbatian O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 3 qismi “a” bandi bilan (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalarining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida xabar berdi Farg‘ona IIB axborot xizmati.