Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

BMT hamkorligida uyushtirilgan tanlovda toyloqlik qiz 2-o‘rinni egalladi

16 sentyabr - Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni munosabati bilan ijodkor yoshlar o‘rtasida “Ozon qatlami va men” mavzusidagi tanlov o‘tkazildi.

Birlashgan Millatlar tashkiloti, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda o‘zining “Beparvolik insoniyatga qimmatga tushmasin”, deb nomlangan maqolasi bilan ishtirok etgan toyloqlik Nargiza Yunusova ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.