Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bojxonachilar «tilla dazmol»ni fosh etdi

Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy reys bilan uchib kelgan fuqaroning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida yuklar orasida bir qarashda oddiy ko‘ringan dazmol zamonaviy skaner qurilmasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, ichida umumiy qiymati 168 million so‘mlik 481,5 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston hududiga jismoniy shaxslar tomonidan 65 grammdan ortiq bo‘lmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkinligi belgilangan, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.