Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Braziliyada bir kecha-kunduzda 20 mingga yaqin fuqaro koronavirusga chalindi

Braziliyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni so‘nggi kecha-kunduzda 19694 nafarga oshib, mamlakatda jami COVID-19 yuqtirganlar soni 291 ming nafardan zidni tashkil etmoqda. Umumiy o‘lim holati 18859 ming  nafarga yetdi. Bu haqda 21 may kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Bir kun ilgari 271885 nafar kasallanganlar haqida ma’lum qilingan edi. Taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kasallanganlarning umumiy soni 291579 nafarga yetgan. So‘nggi kecha-kunduzda 888 nafar o‘lim holati qayd etildi. Bugungi kungacha mamlakatda jami 116683 nafar bemor tuzalgan.