Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun futbolchilarimiz chorak final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi

Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida bugun bir qator guruhlarda 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, “S” guruhida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham chorak final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Futbolchilarimiz uchinchi turda Janubiy Koreya jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yinni yaponiyalik Xiroyuki Kimura boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Toshkent vaqti bilan 15:15 da Rangsit shahrida kechadigan urchashuvda jamoamiz oq, koreyaliklar esa qizil rangli kiyimda harakat qilishadi.

U-23 Osiyo chempionati. Tailand.

“S” guruhi, 3-tur. 15 yanvar, 15:15.

Bosh hakam: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)

O‘zbekiston – Janubiy Koreya

Ayni paytda Janubiy Koreya termasi 6 ochko bilan “S” guruhida yetakchilik qilmoqda va ular chorak final masalasini muddatidan oldin hal qilib bo‘lishgan. Jamoamiz esa 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Uchinchi o‘rinda turgan Eron bilan oradagi farq esa 3 ochkoni tashkil qiladi.

Bo‘lajak bahsda futbolchilarimizga chiroyli g‘alaba yor bo‘lsin!