Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bulung‘urda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Bulung‘ur tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari shu yilning 26 oktyabr kuni soat 09:00 dan soat 14:00 ga qadar tumandagi Saxovat mahallasida fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatadi.

Sayyor qabulda:

- elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish;

- fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish;

- tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;

- jismoniy shaxslarning soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.

- jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (STIR) olish;

- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ariza olish va joylashtirish uchun yo‘llanmalar berish hamda boshqa davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.