Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Camarqand shahrida yangi turistik axborot markazi ish boshladi

Butunjahon turizm kunini nishonlash munosabati bilan joriy yilning 27 sentyabr kuni Samarqand shahrining tarixiy qismi - Bibixonim masjidi yonida yangi sayyohlik axborot markazi ochildi.

Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti axborot bo‘limi xodimlari ko‘magida tashkil etilgan mazkur markazda sayyohlar uchun shaharning diqqatga sazovor joylari, ekskursiya dasturlari, madaniy va sport tadbirlari haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.

Bundan tashqari, axborot markazi orqali esdalik sovg‘alari (suvenir), sayyohlik va tarixiy yodgorliklarga doir adabiyotlar, qo‘llanmalar, xaritalar, postkartalarni sotib olish, ekskursiya manzillarini aniqlash, turar joylarni oldindan band (bron) qilish imkoniyati yaratiladi.