Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Chelakda innovatsion kutubxona quriladi

Bir yil avval Payariq tumani markazida zamonaviy ziyo maskani – “Yoshlar kutubxonasi”  foydalanishga topshirilgan va bu yoshlarning sevimli joylaridan biriga aylangan edi.

Endi bunday ma’rifat maskani Chelak shaharchasida ham tashkil etiladi.

Yurtimizda yoshlar oyligi o‘tkazilayotgan shu kunlarda ushbu ezgu yumushga kirishildi. Loyiha qiymati 3 milliard so‘m bo‘lgan innovatsion kutubxona binosida 40 o‘rinli kitobxonlik zali, bir necha yuz ming kitobga mo‘ljallangan arxiv, o‘qish zallari bo‘ladi. Bino zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlanadi.

Chelakning eng ko‘rkam binolaridan biri bo‘lishi kutilayotgan kutubxonani yil yakuniga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda Payariq tumani hokimligi axborot xizmati.