Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Chet elda ishlagan fuqaro pensiya bilan ta’minlanadimi?

O‘zbekiston Respublikasining «Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida«gi Qonuniga muvofiq «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, chet elda yollanib ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan, 1 yanvardan keyingi davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Fuqaroning chet elda bo‘lgan davrini tasdiqlash bo‘yicha asos sifatida O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘²risidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar),  O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning boshqa davlatda bo‘lgan vaqti va konsullik hisobiga qo‘yilganligi ma’lumoti hisoblanadi.

Su²urta badallarini har oyda yo har chorakda yoki bir yo‘la O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch oy mobaynida to‘lash mumkin.

2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun mehnat staji vakolatli organ, ya’ni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali ishga joylashtirilgan fuqarolarga beriladi.

Abduaziz HAFIZOV,

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyat filiali direktori.