Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Davlat boji to‘lovlari va tushumlari qanday hisobga olinadi?

Davlat boji naqd pulsiz o‘tkazilganligiga doir to‘lov topshiriqnomalari, davlat bojini to‘lash uchun pul qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi kvitansiya davlat bojini undiradigan davlat organlarida qoladigan tegishli materiallarga qo‘shib qo‘yiladi.

Notarial harakatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish reyestrida kiritilgan davlat boji summasi, davlat boji to‘langanligi haqidagi hujjatning sanasi va raqami ko‘rsatiladi.

To‘lovchilar davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan hollarda, tegishli hujjatlarga (reyestrlarga, daftarlarga va boshqa shu kabilarga) tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilingan holda belgi qo‘yiladi. Bundan pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomalarni tasdiqlash hollari mustasno.

Davlat boji tushumlarini hisobga olish davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tegishli davlat organlari bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Davlat boji tushumlari bo‘yicha hisobot davlat bojini undiruvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘zlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.

Samarqand viloyati davlat soliq

boshqarmasi Axborot xizmati.