Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Denovda yosh qiz 26 kishiga soxta aviachipta sotgani aniqlandi

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Yangi hayot mahallasida yashovchi Soliya Salimova (ism-shariflar o‘zgartirildi) mo‘may daromad ko‘rishning antiqa yo‘lini o‘ylab topadi.

U tuman markazida joylashgan aviakassada soxta aviachipta sotib, boyimoqchi bo‘ladi. Shu maqsadda joriy yilning mart va aprel oylarida Rossiya Federatsiyasiga ketmoqchi bo‘lgan 26 fuqaroga naqd 48 million 515 ming so‘mlik soxta aviachiptani pullab, ularni chuv tushirib ketadi.

Bu haqda tumandagi Yurchi mahallasida yashaydigan, vaqtincha ishsiz Qayum Nabiyev ichki ishlar idorasiga murojaat etib, xabar bergach, 23 yoshdagi “uddaburon” qizning nayrangi fosh etildi.

O‘zA xabariga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha S.Salimovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.