Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Deputat svetofor masalasini hal qildi

25-Bog‘dod saylov okrugidan xalq deputatlari Samarqand shahar kengashiga saylangan deputat Mo‘injon Qurbonovga Bog‘iston mahallasi fuqarolari Shota Rustaveli va Navoiy shoh ko‘chalari kesishmasiga svetofor o‘rnatish bo‘yicha murojaat qilgan edi.

Ushbu murojaat asosida deputat masalani borib o‘rgandi, mutasaddi idoralarga chiqdi va muammo hal etildi.

– Uch yildan buyon svetofor masalasida bormagan idora, murojaat qilmagan tashkilotimiz qolmadi, – deydi Bog‘iston mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Axtam Mamatqulov. – Saylovdan keyingi uchrashuvda deputat M.Qurbonovga ham bu masalada murojaat qilganimizda masalamizni ijobiy hal etishga va’da bergandi. Deputat bergan va’dasining ustidan chiqdi – kecha biz so‘ragan joyda svetofor o‘rnatildi va farzandlarimiz yo‘lni bexavotir kesib o‘tib, maktab, bog‘chaga borib kelishi uchun sharoit yaratildi.