Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ekologik marafonda ishtirok eting!

Ertaga, 6 oktyabr kuni Samarqand shahrida "Daraxt ek - hayotingni yashnat!" shiori ostida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tadi.

Marafon ertalab 10:00 da boshlanib, “Ko‘ksaroy maydoni -  Universitet xiyoboni - Xo‘ja Ahrori Valiy ko‘chasi - Samarqand tumanidagi Nodir Devonbegi madrasasi” yo‘nalishi bo‘ylab tashkil etiladi.

Tadbir viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va “Ovozi Samarqand” gazetasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Unda mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, yoshlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Qadim shahrimizning bugungi qiyofasini yashnatib turgan manzarali daraxtlarni asrab-avaylash, yangi ko‘chat va gullarni ekish, ekologik madaniyatni yuksaltirishga bag‘ishlangan marafonga marhamat!