Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Endi ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar jazoni ijro etish muassasalarida ta’lim olishi mumkin

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar uchun umumiy ta’lim va kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (318-son, 16.04.2019 y.), deb xabar bermoqda huquqiy axborot kanali.

Bugungi kunda, jazoni ijro etish muassasalarida 6 ta idoraviy umumta’lim maktablari va maktablarning filiallari faoliyat yuritmoqda.

Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati IIB Probatsiya va jazolarni ijro etish bo‘limi Tarbiya koloniyasining 5-maktabi Zangiota tumani 35-maktabi bilan birlashtirildi.  Probatsiya va jazolarni ijro etish bo‘limi Tarbiya koloniyasida mazkur maktabning filiali tashkil etildi.

Shuningdek, Kasb-hunar ta’limi markazining jazoni ijro etish muassasalari hududidagi 4 ta kasb-hunar ta’limi muassasalari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilib kasb-hunarga o‘rgatish markazlariga aylantirildi.

Markazlar mahkumlarga sifatli bilim beradi va mehnat bozorida talab etiladigan kasblarga tayyorlaydi.

2019-2021 o‘quv yilidan mahkumlarni o‘qitish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar joriy etiladi hamda bu bo‘yicha Harakatlar dasturi ishlab chiqiladi.