Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Erkinjon Turdimov: Bugun tadbirkorlarni ikkita muhim - yer ajratish va kredit berish masalasi qiynamoqda

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida tadbirkorlik sub’yektlari vakillari hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari, matbuot kotibi M.Mirzayevning xabar berishicha, mazkur tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov viloyat tadbirkorlariga murojaat yo‘llagan.

Tadbir video selektor ko‘rinishida tuman va shaharlar bilan bog‘langan holda o‘tkazilib, barcha studiyalarda tadbirkorlik sub’yektlari vakillari hamda tadbirkorlik sub’yektlariga xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etishgan. Shuningdek, tadbir hokimlik axborot xizmatining facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida jonli efirda havola etilgan.

Erkinjon Turdimovning viloyat tadbirkorlariga yo‘llagan murojaati bilan viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti (http://samarkand.uz) hamda viloyat hokimligi axborot xizmatinining facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali tanishish mumkin (https://www.facebook.com/sampressservice).