Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fojiali YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Andijon tumanida sodir bo‘lgan fojiali YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 13 fevral kuni soat 21:00 larda Andijon viloyati Andijon tumani hududida Asaka tumanida yashovchi X.M. “Neksiya-3” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirib boshqargan.

Oqibatda, shu yo‘nalishda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

“Neksiya-3” rusumli avtomashina yo‘lovchilari I.J. va N.P.lar tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Ushbu transport vositasi haydovchisi X.M. va yo‘lovchisi M.B.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.