Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

G‘allakorlarimiz davlatga g‘alla topshirish rejasini bajarishdi

Samarqand viloyatida 2019 yil hosili uchun 2018 yil kuzida jami 152 ming 930 gektar, shundan 103 ming 930 gektar suvli va 49 ming gektar lalmi maydonlarga g‘alla ekilib, 4936 ta fermer xo‘jaligi tomonidan davlatga 282 ming 400 tonna don topshirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomasi tuzilgan edi.

Yetishtirilgan donni o‘z vaqtida nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish maqsadida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumida jami 344 ta yuqori unumli kombaynlar biriktirilib, har biri otryad uslubida ish olib borildi. O‘rnatilgan tizim natijasida bugungi kunga 70,6 ming gektar maydondagi g‘alla o‘rib olindi. Hosildorlik jami 55,6 ming gektar suvli yerlarimizda gektariga 63,1 sentner, 15 ming gektar lalmi yerlarimizda esa 18 sentnerdan to‘g‘ri keldi.

Shundan davlatga 307 ming tonna don topshirib, belgilangan reja tumanlar kesimida 10-12 ish kunida 109 foizga bajarildi.

Ayniqsa, Nurobod tumani g‘allakorlari belgilangan rejani 129 foizga, Ishtixon tumani 118 foizga, Samarqand tumani

116 foizga, Kattaqo‘rg‘on tumani 108 foizga bajarib, xar gektar maydondan 66-67 sentnerdan hosil olishga erishildi.

Bundan tashqari, Pastdarg‘om, Paxtachi, Narpay tumanlari ham birinchilardan bo‘lib belgilangan rejani ortig‘i bilan bajarishdi. Bulung‘ur, Jomboy, Tayloq, Urgut tumanlarida ham gektaridan 64-65 sentner hosil olib, viloyatimiz xirmoniga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Shuningdek, Payariq tumanida Esonbek dalasi fermer xo‘jaligi gektaridan 107 sentner, Ishtixon tumanidan Domla Abroriy-UMR fermer xo‘jaligida 83 s/ga, Kattaqo‘rg‘on tumanida J.Hayitov fermer xo‘jaligida 82 s/ga, Narpay tumanida Paxtakor Sodiq fermer xo‘jaligida 83 s/ga, Pastdargom tumanidagi Xol bobo fermer xo‘jaligida 92 s/ga, Sayfiddin Sherbek Sheryurak fermer xo‘jaligida 89 s/ga, Bulung‘ur tumanidagi Sabriddin G‘olib dalasi fermer xo‘jaligida 81 s/ga, Jomboy tumanidagi Yulduz fayz obod fermer xo‘jaligida 82 s/ga hosildorlikka erishilib, g‘allakorlarimiz davlatga g‘alla topshirish rejalarini ortig‘i bilan bajarib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishishdi.

Shu qatorda, g‘alla o‘rim-yig‘im davrida otryad rahbarlaridan Oqdaryo tumanidagi 8-otryad rahbari Boyturdiyev Temur, Narpay tumanida 20 otryad rahbari Ochilov Baxtiyor va Nurobod tumanidagi 15 otryad rahbari Ermonov Toshboylar, Jomboy tumani “Agroservis MTP” MChJ ga qarashli KEYS-1A raqamli kombayn operatori Eshonqulov Qo‘chqor 514 gektar, Kattaqo‘rg‘on tumani “Agrservis MTP” MChJ ga qarashli Klass-311 raqamli kombayn operatori Rashidov Doniyor 362 gektar va Paxtachi tuman “Agroservis MTP” MChJ qarashli Vektor-356 raqamli kombayn operatori Ashurov Islom 438 gektar maydonda g‘alla o‘rib don topshirib, viloyatning don topshirish rejasini bajarilishiga o‘z munosib hissasini qo‘shishdi.

Ayni paytda g‘alla dalalarida o‘rim ishlari davom etmoqda.

Viloyat hokimligi g‘alla yetishtirishda o‘z hissasini qo‘shgan viloyatimizdagi barcha fermer xo‘jaliklari rahbar-xodimlari va g‘allakorlarga o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildiradi.