Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Gazel” va “Lasetti” to‘qnashuvi oqibatida yong‘in yuzaga kelib, bir kishi tan jarohati oldi

Joriy yilning 19 may kuni soat 14:00 larda, Andijon viloyati, Shahrixon shahar, Buvaydo mahallasi hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 416-kilometrida haydovchi - 1977 yilda tug‘ilgan O.Sh. (erkak) “Gazel” rusumli transport vositasida ortga qayrilib olayotgan vaqtida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, haydovchi - 1990 yilda tug‘ilgan A.Z. (erkak) boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda “Lasetti” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi - 1985 yilda tug‘ilgan I.M. (erkak) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar berdi IIV YHXBB axborot xizmati.

To‘qnashuv oqibatida “Gazel” rusumli transport vositasida yong‘in yuzaga kelib, yonida turgan “Lasetti”ga ham o‘tgan. Transport vositalari saloni va boshqa qismlari yonib ketgan. Yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in tufayli tan jarohati olganlar yo‘q.a