Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Giyohvandlik vositalari sotuvchilari ushlandi

2020 yilning 29 fevral kuni soat taxminan 13:00 da Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbir davomida Samarqand shahri, Go‘ro‘g‘li ko‘chasida 50 yoshli M.A. 34,4 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini 200 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Aniqlanishicha, M.A. taxminan 60 gramm giyohvandlik vositasini tanishi, 54 yoshli D.M.dan keyinchalik 200 AQSh dollariga sotib berishni aytib olganligi aniqlangan va shu vositalardan 34,4 gramini sotishni ko‘zlaganligi aniqlangan.

Shu kunning o‘zida M.A. yordamida, IIO xodimlari tomonidan D.M. ushlangan va undan tadbirga jalb qilingan 200 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida ramiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan M.A. va D.M.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan (giyohvandlik vositasini ko‘p miqdorda o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti xabariga ko‘ra, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.