Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hujumdan keyin Kapitoliy politsiyasi xodimi o‘z joniga qasd qildi

Kapitoliy politsiyasi xodimi Govard Libengud Senat binosi bosqinidan uch kun o‘tib vafot etdi. Rahbariyat ichki ishlar xodimi o‘limi sababini aytmasdan, uning oilasi va hamkasblariga rasmiy ravishda hamdardlik bildirdi. Biroq, Associated Press 51 yoshli amerikalik o‘z joniga qasd qilganini aniqladi.

Nashrning ta’kidlashicha, Libengud Kapitoliy politsiyasida 2005 yildan beri ishlagan. Uning o‘z joniga qasd qilishi AQSh prezidenti Donald Tramp tarafdorlari tomonidan binoga bostirib kirishi bilan bog‘liqligi noma’lum.

Avvalroq politsiya xodimi Brayan Siknik tartibsizliklar paytida olgan jarohati tufayli vafot etgani haqida xabar berilgan edi. U Amerika poytaxtidagi norozilik namoyishlari natijasida o‘lgan beshinchi odam bo‘ldi. Undan tashqari, AQSh havo kuchlari faxriysi Eshli Bebitt va Prezident Donald Trampni qo‘llab-quvvatlovchi Trumparoo veb-saytining yaratuvchisi Benjamin Filips ham hujum qurboni bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni respublika namoyishchilari Kapitoliy binosiga bostirib kirib, Senat zalini o‘rab olishdi. Senat va Vakillar palatasi so‘nggi saylovlar natijalari va demokrat Jozef Baydenning g‘alabasini tasdiqlash rejalashtirilgan kengashni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.