Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ijara uyida fohishaxona tashkil etgan shaxsga jazo tayinlandi

Yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining ochiq sayyor sud majlisida fohishaxona tashkil etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Gap shundaki, Samad Zafarov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) hech qanday foydali ish bilan shug‘ullanmasdan, g‘arazli va past niyatlarda fohishaxona tashkil etgan.

2019 yil 2 avgust kuni o‘zi ijarada yashab kelayotgan Navoiy shahridagi xonadonlarning birida 100 ming so‘m evaziga Sh.A. va K.S.ning o‘zaro intim aloqa qilishlari uchun uyidan alohida xona ajratib, ularga shart-sharoit yaratib berganligi Navoiy shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida aniqlanib, 100 ming so‘m miqdordagi pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Sudlanuvchi S.Zafarov sud majlisida aybiga iqrorlik bildirmasdan, go‘yoki xonadoniga o‘sha kuni uning tanishlari kelganligi va ular birga shunchaki o‘tirib, spirtli ichimlik iste’mol qilganliklarini vaj qilgan. Yoshini va oilaviy sharoitini inobatga olib, suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘radi.

Uning aybi sud majlisida tekshirildi va to‘plangan dalillar yig‘indisi bilan to‘liq isbotlandi.

S. Zafarov ilgari ham shunga o‘xshash jinoyatni sodir etgan.

Sud barcha holatlarni inosbatga olib, sudlanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat koleksi 131-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topib, S.Zafarovga 1 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Ma’murjon QODIROV,

jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudi sudyasi.