Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixonda 1 kilogramm marixuana savdosi oldi olindi

2019 yil 28 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB JQB hamda Ishtixon tuman IIB xodimlari xamkorlikda Ishtixon tumani Orlot mahallasi hududida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida muqaddam sudlangan fuqaro M.B. va shu tumanda yashovchi M.A. bilan jinoiy til biriktirib, Jomboy tumani A.Qurbonov mahallasida yashovchi, fuqaro G‘.S. o‘g‘liga tegishli bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashinasidan taksi sifatida foydalanib tadbirda xaridor tariqasida jalb qilingan “Shurik” va “Koba” ismli shaxslarga 1045,42 (bir ming qirq besh gramm, qirq ikki milligramm) og‘irlikdagi marixuana giyoxvandlik moddasini 52 million so‘mga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida B.M. “marixuana” giyoxvandlik moddasi o‘ziga tegishli ekanligini, ushbu marixuana giyohvandlik moddasini 2018 yil may oylarida Bulung‘ur tumanida ijaraga olgan dala maydoniga ekib, yetishtirganligini bildirgan.

Ayni paytda Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.