Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jahon chempioni kompyuterni mot qila oladimi?

Shaxmat bo‘yicha norvegiyalik Magnus Karlsen bilan bellashadigan azamat bugun yo‘q. U esa kuchini kompyuter bilan o‘yinda sinab ko‘rishni istamaydi. Nega? 14-jahon chempioni Vladimir Kramnik 2016 yilda kompyuter bilan kuch sinashib 2:4 hisobida yutqazgan edi.

- Insonning mashina bilan bellashuvi o‘z dolzarbligini yo‘qotdi, - deydi u. – Bizda zamonaviy kompyuterni mag‘lub etish imkoni yo‘q. Ikki shaxsning o‘zaro bellashuvi temir bilan kuch sinashgandan qiziqroq. Negaki, temir bilan shaxmat o‘ynaganingda hech qanday estetik his-tuyg‘u sezmaysan.

Haqiqatan, kompyuter bilan o‘ynab yengib chiqish amrimahol. Har qanday kishi, hatto u jahon chempioni Magnus Karlsen bo‘lsin, mashinga 99,9 foiz partiyani boy berishi aniq.

Jahon shaxmat ustalari reytingida Karlsen eng yuqori – 2872, Kasparov 2851 ko‘rsatkichga ega bo‘lishsa, Stockfish shaxmat dusturiga ega kompyuterniki 3551.

«AiF» (2020 y, 8-son).