Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jazoni o‘tayotgan 5 kishi avf etildi

Prezidentimizning joriy yil 19 martdagi "Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida"gi farmoni viloyatimizdagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 5 nafar fuqaroga nisbatan qo‘llanildi.

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida e’lon qilingan, xalqimizga xos ezgulik, bag‘rikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarni ifoda etgan ushbu farmonga muvofiq viloyat jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan fuqarolarning ikki nafari o‘z oilalari bag‘riga qaytarildi, 3 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddati qisqartirildi.

Alisher MARDIYeV,

viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori.