Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi sudyasi Samarqand shahridagi maktabga nega bordi?

Odatda sudyalar, qaysi sudning sudyasi bo‘lishidan qat’iy nazar maktabga bormaydi. Ayrim holatlar bundan istisno, albatta.

Ammo jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi sudyasi B.Aliqulovning Samarqand shahridagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga borishi kutilmagan holat bo‘lmadi.

Negaki, 2019 yil 23 avgust kuni Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda davlat xizmatchilari maktablarga borib, dars berish, bu amaliyotni joriy qilish lozimligi haqidagi topshirig‘idan so‘ng jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida alohida reja ishlab chiqilgan.

B.Aliqulovning Samarqand shahridagi 13-maktabga borishi ayni shu reja asosida amalga oshirildi. Maktabda B.Aliqulov 9-sinf o‘quvchilariga “Davlat hokimiyatining tashkil etilishi” mavzusida dars o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida sudya o‘quvchilarga davlat hokimiyati bo‘linish prinsiplarining konstitutsiyaviy asoslari, davlat hokimiyati organlari tizimi, tuzilishi va shakllanishi, hozirgi paytda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

Dars davomida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi.