Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jomboy tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Tuman hokimining farmoyishiga ko‘ra, Radjabov Jo‘rabek Sanaqulovich yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

J.Radjabov 1979 yilda tug‘ilgan, Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Uzoq yillar ta’lim tizimida turli vazifalarda faoliyat yuritgan. Bungacha Samarqand pedagogika va xizmat ko‘rsatish kolleji direktori vazifasini bajargan.