Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘on shahridagi sayyor qabulda fuqarolar bildirgan masalalarga yechim izlanyapti

Avvalroq xabar berganimizdek, Kattaqo‘rg‘on shahrida viloyat va shahar hokimliklari, sektorlar va boshqarmalar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli davom etmoqda.

Kattaqo‘rg‘on bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosida o‘tkazilayotgan qabulda aholidan asosan ishsizlik, ichimlik suvi, uy-joy, yo‘l qurilishi, elektr, gaz va boshqa shu kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

- Shahardagi Yakkabog‘ mahallasida istiqomat qilaman, - deydi Sherzod Jumanov. – Bugun rahbarlarga ko‘chamizdagi ichimlik suvi muammosi bo‘yicha murojaat qildim. Suvni uzoq masofadan tashib keltiryapmiz. Ko‘chamizning kechasi yoritilmayotgani oqibatida ko‘plab bezoriliklar sodir etilyapti. Shuningdek, ko‘chamizda kolbasa mahsulotlari tayyorlanadigan sex bor. Sexning chiqindisi ko‘chadagi ariqqa oqizilmoqda.

Qabulda rahbarlar tomonidan ushbu masalalar hal etish bo‘yicha aloqador mutasaddilarga topshiriqlar berildi.