Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi Ikkinchi jahon urushi faxriylariga Belarus Prezidentining tabrigi yetkazildi

Belarussiyaning fashizmdan ozod qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 5 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga Belarus Respublikasining yubiley medallari tantanali ravishda topshirildi.

Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi vakillari, harbiylar, sportchilar hamda o‘quvchi-yoshlar tumanda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari - Rahmat Qobilov, Shukur Norov, Rauf Sanaqulov, Rayim Yusupov hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida yashagan marhum Aleksey Kotlyar xonadoniga tashrif buyurdi. Ularning oila a’zolariga Belarus Respublikasi Prezidentining tabriknomasini o‘qib eshittirdi. Hozirda hayot bo‘lgan urush faxriylari ko‘ksiga Belarussiyaning fashizmdan ozod qilinganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan yubiley medalini taqib qo‘ydi.

Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar va harbiy orkestr jamoasi ishtirokida kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

O‘tkazilgan tadbirdan va qaratilgan e’tibordan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Belarus Prezidentiga hamda tadbir tashkilotchilariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.