Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘onda qalbaki chet el valyutasini sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Undan 20 ming dollardan ko‘proq chet el valyutasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi va shahar IIB xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan tadbirda aniqlangan.

Tadbir davomida “Kattaqo‘rg‘on dehqon bozori”da fuqaro U.Sh.dan qalbakilashtirilgan 20 400 AQSh dollari, 5000 Rossiya rubli va 1 000 Peru soli ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.