Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Keyingi 6 oyda Samarqand shahri atmosferasi tozalandi

Samarqand shahri hududida atmosfera havosining ifloslanish darajasini aniqlovchi gidrometeorologiya markazining doimiy 4 ta tayanch postlari joylashgan bo‘lib, o‘tkazilgan tahlillar natijasida joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida yirik korxonalar va avtoulovlardan chiqadigan zararli moddalar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,5 foiz miqdorda kamayganligini ko‘rsatdi. Ammo keyingi bir oyu 15 kunlik davrda sanoat korxonalari va avtoulovlarning harakatlanishi darajasi  oshganligi hisobiga 0,2 foiz miqdorda zaharli moddalarning me’yor ko‘rsatkichi biroz oshganlik holati kuzatilmoqda.

Hisobot davrida mavjud gidrometeopostlardan olingan havo namunalarida o‘tkazilgan kimyoviy tahlillar havoni ifloslantirayotgan zararli moddalar miqdori me’yordan oshgan holati aniqlanmadi.

Ma’lumot o‘rnida taqidlash joizki, shahar hududida harakatlanayotgan 1 ta yengil avtotransport vositasining (benzin yoqilg‘isida harakatlanish) dvigatellaridan atmosfera havosiga 0,0003 foiz zararli tashlamalar chiqadi. Oqibatda shahar havosi qishloq havosiga nisbatan bir necha darajada yuqori ko‘rsatkichga yetib, zaharli havoning o‘z-o‘zidan ortishini ko‘rsatadi.

Keyingi 6 oy mobaynida shaharning ekologik holati avtoulovlar va sanoat korxonalarning ishlashi to‘xtaganligi sababli shahar havosi 22,7 foizga tozalanganini kuzatish mumkin. Natijada shahrimizda bir necha yillardan buyon 100 yoshdan katta bo‘lgan o‘simlik va daraxtlarni yangidan kurtak ochib yashnashiga olib keldi.

Shuningdek, havo zichlik darajasi me’yorlashib, kislorod miqdori 15,3 foizga ortganligini ko‘rsatmoqda.

Shahar havosini asosan buzadigan omillar - bu yirik ishlab chiqarish korxonalari va avtoulovlarning ko‘pligi. Misol uchun, shahar hududida faoliyat yuritayotgan 12 ta yirik korxonalardan yiliga 24,9 foiz zararli tashlamalar, ya’ni xlor 4,9 foiz, ftor 3,1 foiz, xrom 5,9 foiz, brom 1,9 foiz va uglerod 6,3 foiz birikmalari chiqib, atmosfera havosining sekin-sekin zararlanishiga olib keladi.

Sherali ISKANDAROV.