Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Majburiy mehnatga jalb qilish qaysi viloyatlarda ko‘p kuzatilganligi ma’lum bo‘ldi

2019 yilda majburiy mehnatga qarshi kurashish maqsadida, 2.779 ta korxona, tashkilotlarda o‘rganish o‘tkazilgan va majburiy mehnat bo‘yicha jami 259 ta holat qayd etildi.

Shundan, 112 tasi bevosita obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga xodimlarni majburiy jalb etish bilan bog‘liqdir.

Eng ko‘p holatlar Samarqand (16 ta), Qashqadaryo (12 ta) va Buxoro (10 ta) viloyatlarida qayd etilgan. Shuningdek, ish haqlarini o‘z vaqtida bermagan va mehnat sharoitlari yaratmagan 56 nafar mansabdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Joriy yilning 6 oyi davomida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan majburiy mehnat bo‘yicha 39 ta holat aniqlangan bo‘lib, ularning barchasida mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Eng ko‘p holatlar Toshkent (6 ta), Samarqand (4 ta) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3 ta) kuzatildi.