Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdorlar 736 mln so‘m jarimaga tortildi

Joriy yilning 10 oyida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 62 nafar mansabdor shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi bilan 736,1 mln. so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.

18 holatda yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdimnomalar kiritilgan hamda 1 holatda hujjatlar sud organlariga, 4 holatda prokuratura organlariga yuborilgan.

Paxta yig‘im-terimi mavsumida jami 13 419 ta monitoringlar olib borilgan bo‘lib, mehnat qonunchiligini buzganligi uchun 65 nafar mansabdor shaxsga jami 198,4 mln. so‘m miqdorda ma’muriy jarima tayinlangan.

Bunda 5 holatda majburiy mehnat bo‘yicha, 21 holatda mehnat shartnomasi tuzilmaganligi, 25 holatda mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, 14 holatda terim pullarining o‘z vaqtida to‘lamaslik faktlari aniqlanib, mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 

Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan 48 holat yuzasidan yozma ko‘rsatmalar kiritilgan.

Mehnatni muhofaza qilish talablari ta’minlash yuzasidan qonunbuzilishlar sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda:

➖ xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va umumta’lim maktablarida 8386 ta;

➖ maktabgacha ta’lim muassasalarida 6520 ta;

➖ tibbiyot muassasalarida 2770 ta;

➖ qurilish sohasida 2473 ta;

➖ qishloq xo‘jaligida 497 ta;

➖ oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida 803 ta;

➖ sanoat korxonalarida 679 ta;

➖ transport sohasida 517 ta;

➖ savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 229 holatda mansabdor shaxslar tomonidan xodimlarning huquqlari buzilgan.