Majburiy mehnatdan ozod qilinishini so‘ragan 6 nafar o‘zbekistonlikka yordam berildi
- 05.08.2021 18:06
- 72
- Jamiyat
Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Ular 2021 yilning may oyida og‘zaki kelishuv asosida Rossiyaning Samara viloyatidagi issiqxonada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun borgan.
Ish beruvchi ushbu fuqarolarning pasportlarini olib, patent rasmiylashtirgan, lekin hujjatlarini qaytarib bermagan. Shuningdek, oldindan kelishilgan har oy uchun 40 ming rubl ish haqlarining 3 oyligi berilmagan.
Mehnat migrantlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara viloyatidagi vakolatxonasiga videomurojaat orqali pasportlarini olib berib, majburiy mehnatdan ozod qilinishini so‘ragan.
Vakolatxona xodimlari Samara viloyati Kinel shahri ichki ishlar boshqarmasiga fuqarolarni majburiy mehnatdan ozod qilishda yordam so‘rab, ariza yozgan. Muammo o‘rganilgan va qisqa muddatda ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda ularning ish joylariga borib, muammolari hal etilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 1 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa