Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Maktab direktori pora olayotganida ushlandi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi maktab direktori qalbaki diplom tayyorlab berish va o‘sha diplom bilan ishga olishi evaziga 800 dollar pora so‘ragan. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Koson tumanidagi 98-umumta’lim maktabi direktori Z.N. fuqaroga o‘rta-maxsus maqomini beruvchi qalbaki diplom tayyorlab berishi evaziga 300 dollar va o‘sha qalbaki diplom bilan o‘zi rahbarlik qilayotgan maktabga ishga qabul qilish evaziga 500 dollar talab qiladi.

Departamentning viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda direktor Z.N. fuqaro U.X. Koson tumani xalq ta’limi bo‘limi binosi oldida o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-3” rusumli avtomashinasida 800 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 25 yanvar kuni maktab direktori Z.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.