Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Maoshdan ushlab qolinadi...” yoki elektr ta’minotidagi nohaqliklar haqida

“Turmush o‘rtog‘im byudjet tashkilotida ishlaydi, ya’ni kasalxonada hamshira. Maosh olishi uchun elektr, suv, gaz, obodonlashtirishdan qarzi yo‘q degan ma’lumotnoma yoki oxirgi to‘lov kvitansiyasidan nusxa olib borishi kerak. Shular bo‘lmasa, oylikdan 15 foiz ushlab qolisharkan. U mendan ma’lumotnoma olib kelib berishimni iltimos qildi. Tuman elektr tarmoqlari korxonasiga borib, kecha internetda e’lon qilingan videolavhaga bevosita guvoh bo‘ldim. Issiq, dim, nafas olishning imkoni yo‘q. Kassirgacha yetolmadim. Mazam qochib qolgani uchun ketishga majbur bo‘ldim!” - deydi viloyat birlashmasiga ish yuzasidan kelgan fuqarolardan biri.

Shuningdek, saytda korxona mutasaddilarining xatosi tufayli to‘lagan mablag‘i boshqa hisobga o‘tkazib yuborilgan fuqaroning sarsongarchiliklari qanday yakun topgani haqidagi xabar ham berilgandi.

Endi navbatdagi murojaatga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Ishtixon tumanining Zarbuloq  mahallasi Xo‘ja qishlog‘ida  yashovchi  A.Quvvatov  10-91 ishonch telefoniga murojaat qilib, elektr energiyasi bo‘yicha tuman MIB tomonidan  xonadoniga  2 458 101 so‘m noreal qarzdorlik belgilanganidan noroziligini bildirgan.

Murojaat amaldagi qonun talablari asosida tuman jamiyati mutasaddilari tomonidan  o‘rganildi. To‘lov kvitansiyalari  hisoblagich ko‘rsatkichlari asosida qayta xatlov qilinganda, fuqaro qarzdor emas, aksincha haqdor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni A.Quvvatovning elektr bo‘yicha 78 500 so‘m ortiqcha to‘lovi bor ekan.

Gulchehra Berdiyorova.