Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mast haydovchi yo‘l chetida turgan ayolni urib yubordi

Bugun, 15 yanvar kuni soat  01:55 da Toshkent shahar Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida ichki ishlar bo‘limiga murojaat kelib tushgan.

Aniqlanishicha, Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 28 yashar M.A. “VAZ-2107” avtomashinasini mast holatda boshqargan. Lutfiy va Nurafshon ko‘chalarining kesishmasida mashinani boshqara olmay, yo‘l chetiga chiqib ketgan.

Oqibatda yo‘l chetida savdo qilib turgan 56 yoshli D.V.ni urib yuborgan. Ayol shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, olgan jarohatlari tufayli ayol shifoxonada vafot etgan.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni damda voqea yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.