Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mehnatga haq to‘lashning yangilangan yagona tarif setkasi tasdiqlandi

Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida Hukumat qarori (775-son, 16.09.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Qaror bilan mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi tasdiqlandi va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (634 880 so‘m) uning asosi etib qabul qilindi (hozirga qadar yagona tarif setkasining asosi etib eng kam oylik ish haqi olingan).

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.