Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Najotkor xapdori

Aspirin rakdan vafot etish xavfini kamaytiradi va umrni uzaytiradi, deydi amerikalik mutaxassislar. Ammo buning uchun uni qancha ichish kerak, hozircha noma’lum.

Tadqiqotchilar 1993 yildan 2008 yilgacha salkam 150 ming nafar 65 yoshdan katta ko‘ngillilarni kuzatdi. Bu davrda 40,5 ming kishi vafot etdi. Aniqlanishicha, haftada uch marta aspirin qabul qilganlar orasida o‘lim aspirin qabul qilmaganlarga nisbatan 19 foiz kam bo‘lgan. Aspirin oshqozon-ichak raki xavfini 29 foiz, ortiqcha vaznga ega va semirishga moyil kishilarda 34 foizga kamaytirgan.