Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpay tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Tojiddin Eshnazarov: Jinoyatchilikni kamaytirish emas, uning oldini olish muhim

Joriy yilning 10 oyi davomida Narpay tumani IIB xodimlari tomonidan «Antiterror tozalash», «Tun», «Spitamen», “Arsenal”, “Qidiruv”, «Davomat», «Nazorat», «Tong» va «Kompleks» kabi profilaktik ogohlantiruv, tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilgani sabab tuman hududida sodir etilgan jinoyatlarni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaytirishga erishildi.

Jumladan keyingi 10 oy davomida tuman hududida jami 97 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davrida 134 ta jinoyat sodir etilgan. Bu 37 taga, ya’ni 27,6 foizga kamayganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, barcha turdagi uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar 37 tadan  31 taga, og‘ir turdagi jinoyatlar 15 tadan 7 taga, o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar 4 tadan 2 taga kamaydi.

Jinoyat qidiruv yunalishi bo‘yicha barcha tardagi jinoyatlar 74 tadan 56 taga kamaygan bir vaqtda, afsuski, qasddan odam o‘ldirish 2 taga, bosqinchilik 1 taga oshgan. Yo‘l-transport hodisalari 21 tadan 11 taga kamaygan bo‘lsa-da, o‘lim bilan tugagan yo‘l-ulov hodisasi 16 tani tashkil qilib, 5 taga ko‘paygan.

Bundan xulosa qilish mumkinki, kam bo‘lsa ham jinoyat sodir etildimi - bu bizning muammomiz. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni kamaytirishnigina emas, ularning oldini olish, sodir etilmasligi uchun kurashishimiz kerak. Bunga huquq-tartibot idoralari xodimlarining jamoatchilik vakillari bilan hamkorligi orqali erishiladi.