Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpayda kaptarlarni noqonuniy ovlayotgan fuqaro jarimaga tortildi

Kecha, 1 noyabr kuni Narpay tumanidagi Qozikent mahallasi hududida fuqaro R.S. noqonuniy ov qilayotgan vaqtda tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Fuqaro R.S.ning o‘ziga tegishli bo‘lgan “T03-BM” rusumli ov miltig‘i (Milliy gvardiyaning ruxsatnomasi, ov yo‘llanmasiga ega, 7 dona o‘q, 1 dona bo‘sh patron) bilan qishloq xo‘jaligi yerlarida, hosildan bo‘shagan maydonda, ov yo‘llanmasining tegishli ustunlarini to‘ldirmasdan kaptarlarni ovlayotgani aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro R.S. ov qilish, baliq ovlash qoidalarini buzganligi uchun MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib eng kam oylik ish haqining 5 barobari (1 million 115 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi. O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 4-, 33-moddalarini buzganligi uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 barobari (115,5 ming so‘m) miqdorida zarar hisoblanib, dalolatnoma tuzildi.

Sanjar SADULLAYeV.