Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Niqobsiz yurganlik 1 million so‘mdan ortiq jarimaga sabab bo‘lishi mumkin

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi niqobsiz yurganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qism bilan to‘ldirildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish BHMning 5 baravarigacha (1 million 115 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.