Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oliy ta’lim muassasalarida a’naviy ta’lim qachondan boshlanadi?

Ushbu savolga Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov javob berdi:

«Bugungi kunda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan shu masala bo‘yicha ishlamoqda. Yangilik bo‘lsa, tezkorlik bilan e’lon qilamiz. Nafaqat talabalar, balki o‘qituvchilar ham an’anaviy ta’limni sog‘ingan.

Bundan tashqari, tumanlarda internetga kirish imkoniyati yo‘q talabalar uchun markazlar tashkil etilyapti va talabalarning onlayn ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratilyapti», dedi Abduvali Xoliqov.

Shuningdek, maxsus ta’lim vazirligi vakili oliy ta’lim tizimidagi talabalarning ko‘pchiligi yotqoxonalarda yashashi, bunday vaziyatda karantin qoidalariga amal qilish darajasi susayishi mumkinligini alohida qayd etdi.