O‘zbekistonda barcha o‘quv muassasalari 5 kunlik o‘qish tizimiga o‘tkazilishi mumkin
- 12.12.2019 10:04
- 546
- Ta’lim

O‘zbekistondagi barcha o‘quv muassasalarida besh kunlik o‘qish tizimi joriy etilishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ichki turizmni rivojlantirish doirasida o‘quvchi va talabalar hamda ularning ota-onalari sayohatlarini samarali tashkil etish maqsadida barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida besh kunlik o‘qish tizimini joriy etish hamda turizm mavsumini uzaytirish maqsadida yozgi ta’til muddatini qisqartirish hisobidan qishki ta’til davrini uzaytirish bo‘yicha taklif ishlab chiqib, kiritishi lozim.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Кибр ила исроф — камбағалликкелтиради
- Kecha, 16:07
- Mutolaa
Mutolaa: Xaloskor
- 29/03, 21:04
- O'qing, qiziq!
Ramazon hayiti – ezgulik va birdamlik bayrami
- 29/03, 15:32
- Jamiyat