Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Opa-singillar tabiiy gazdan zaharlanib vafot etdi

Kecha, 11 noyabr kuni soat 06:30 larda Farg‘ona viloyatining Rishton tumani, Zarariq mahallasida voyaga yetmagan opa-singillar yashash xonadonidagi hammomga yuvinish maqsadida kirishgan vaqtida hammomni isitish uchun qo‘lbola usulda yasalgan pechga ulangan tabiiy gaz o‘chib qolgan.

Natijada ular tabiiy gazdan zaharlanib, hodisa joyida vafot etishgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.