Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqchopsoy mahallasidagi ko‘prik kelasi yil Investitsiya dasturi asosida qayta quriladi

Bugun, 7 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “8 oy avval qulagan ko‘prik hali ham qayta ta’mirlanmadi” sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Maqolada keltirilishicha, Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Oqchopsoy mahallasida joriy yilning mart oyida qulagan ko‘prik hali-hanuz qayta ta’mirlanmagan.

Bu holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Aniqlanishicha, haqiqatdan ko‘prik qulagan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov raisligida 2019 yilning 30 sentyabrida Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida Qo‘shrabot tumanidagi Oqchopsoy va Oqmachit mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘prik qurish 2020 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan. Shuningdek, tumandagi 10 ga yaqin ta’lim dargohlari va 2 ta sog‘liqni saqlash muassasasi ham ushbu dastur asosida yangidan quriladi, ta’mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati.