Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryo tumanida uch nafar xodim ish joyida pichoqlab ketilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 6 sentyabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tuman hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limiga noma’lum shaxs kelib uch nafar xodimni kuppa-kunduz kuni ishlab turgan joyida pichoqlagan, degan xabar tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha Samarqand  viloyat Ichki ishlar boshqarmasi quyidagicha ma’lumot berdi:

To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, 2019 yil 06 sentyabr kuni soat 18:00 larda Oqdaryo tumanida A.B. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda tuman “Agrobank” binosiga kelib, hech bir sababsiz janjal chiqarib, yonida bo‘lgan yig‘ma pichoq bilan bank xodimlari N.Sh., U.H. va Qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi R.J.larni urib, tan jarohati yetkazgan vaqtda binoda xizmat olib borayotgan tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanib, undan bir dona yig‘ma pichoq daliliy ashyo sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi TB tomonidan  A.B.ga nisbatan 06.09.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tan jarohati olgan uch nafar fuqarolarga nisbatan shu kuni sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

07.09.2019 yil kuni A.B. jinoyat ishiga JKning 104-moddasi
1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, shu kuni JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.